Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe "Real" afsonasining rekordini yangiladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Frantsiyalik hujumchi "qirollik klubi"da tarix yaratmoqda

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 36-turi doirasida "Malorka"ga qarshi o‘yinda (2:1) gol urdi. Bu gol frantsuz futbolchisi uchun La Ligadagi debyut mavsumida 32 o‘yinda urilgan 28-gol bo‘ldi. Shu tariqa, Mbappe "Qirollik klubi"ning sobiq hujumchisi Alfredo Di Stefanoning rekordini yangiladi. Bu haqda OptaJose'ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi xabar berdi.

1953/1954-yilgi mavsumda Argentina, Kolumbiya va Ispaniya terma jamoalarida o‘ynagan Di Stefano "Real" safidagi debyut mavsumida Ispaniya chempionatining oliy divizionida 27 ta gol urgan edi.

Umumiy olganda, Mbappe "Qirollik klubi" safida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Di Stefano esa, "Real" safida 396 ta o‘yinda 308 ta gol urgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q