Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe "Real"ni tark etishi kutilyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kilinga bosim oshib boryapti

Fransiya milliy terma jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2027 yilda jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida The Touchline o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mbappe «Real» tarkibini tark etishi ehtimoli juda yuqori, agar u o‘zi istagan tarkib va loyiha ega bo‘lmasa.

«Kilian Mbappe 2027 yilda „Real“dan ketishi mumkin, agar u xohlagan jamoaga ega bo‘lmasa. Fransiyalik super yulduzning madridliklar tarkibidagi hozirgi holatidan mamnun emasligi haqida ishonch tobora ortib bormoqda», — deya jurnalist Daniel Riolo so‘zlaridan iqtibos keltiradi manba.

Mbappe 2024 yil yozida «Pari Sen-Jermen»ni tark etganidan so‘ng «Real» safiga qo‘shilgan edi. Fransiya terma jamoasi yetakchisi madridliklar bilan 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappening transfer qiymati 200 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u poytaxt klubi safida sakkiz o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi va ikki marta golli uzatma berdi.

Umuman olganda, «Real» tarkibida Mbappe 111 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 94 ta gol muallifi bo‘lgan va 14 ta golli pas yo‘llagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q