Mbappe “Real”ga superfutbolchini olib kelmoqchi
Frantsiya milliy terma jamoasi sardori Kilian Mbappe milliy jamoadagi sherigi Maykl Olise bilan suhbatlashib, uni Myunxenning “Bavariya” klubidan Madriddning “Real” jamoasiga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Bu haqida El Chiringuito TV xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Olise 2026 yildgi jahon chempionati tugagach, o‘z kelajagini muhokama qilish uchun “Bavariya” rahbariyati bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Mbappe Olise “Real”ning hujum chizig‘ini yanada kuchaytiradi, deb hisoblamoqda.
Yakunlangan mavsumda Olise “Bavariya” safida 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U jamoasi bilan Bundesliga va Germaniya kubogida g‘olib chiqdi, klubning yil o‘yinchisi hamda Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Shuningdek, Frantsiya Professional futbolchilar milliy uyushmasi (UNFP) tomonidan Frantsiyaning eng yaxshi legioneri sifatida e’tirof etildi.
Frantsiya terma jamoasi hozirda mundialdagi ishtirokini davom ettirmoqda va 1/8 finalda Paragvayga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar