Mbappe Ronalduga murojaat qildi
Kilian Mbappe “Real”ning “Sevilya”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida raqib darvozasiga jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi va bu golni Krishtianu Ronalduning mashhur usulida nishonladi.
Bu frantsiyalik hujumchining 2025 yildagi 59-goli bo‘ldi va Kilian bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronalduning 2013 yili “Real” tarkibidagi tarixiy rekordini takrorladi.
Shundan so‘ng, Kilian Mbappe portugaliyalik yulduz haqida gapirdi.
- Krishtianu – mening do‘stim va kumirim. Golni nishonlashni aynan unga bag‘ishladim. Krishtianu bu erga moslashishimda menga yordam berdi. Unga o‘zimning eng yaxshi tilaklarimni etkazmoqchiman va Yangi yil bilan tabriklayman.
Biz ko‘p muloqot qilamiz va bu juda yoqimli bo‘ladi. Mening golni o‘zimga xos nishonlash uslubim bor, ammo aynan shu golni unga bag‘ishlashni istadim va uning usulida nishonladim, - dedi Kilian Mbappe.

Fikrlar