Mbappe Ronalduni ortda qoldirmoqchi
"Real Madrid" forvardii Kilian Mbappe gol urish masalasida Krishtianu Ronalduni ortda qoldirishga yaqin turibdi.
Gap shundaki, frantsiyalik forvard bir kalendar yilida "Real Madrid" safida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanishi mumkin. Ayni vaqtda Mbappe hisobida joriy yilda urilgan gollar soni 56 tani tashkil qiladi. U ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina jamoa afsonasi Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda. Portugaliyalik futbolchi 2012 yilda 58 ta va 2013 yilda 59 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Kilian hisobida bu natijani yangilash uchun yana 4 ta o‘yin bor.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso shogirdlari 7 dekabr kuni Ispaniya La Ligasi doirasida "Selta"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar