Mbappe tarixiy rekordni urmoqchi

  • 18.01.2026 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Real” futbolchilari o‘z muxlisolari ko‘z o‘ngida “Levante” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mezbonlarning gollariga Kilian Mbappe va Raul Asensio mualliflik qildi.

Kilian Mbappening 58-daqiqada penaltiidan kiritgan to‘pi tarixiy ahamiyat kasb etdi. Bu 27 yoshli hujumchi 27 yoshli hujumchi uchun professional faoliyatidagi 412-gol bo‘ldi.

Shu tariqa, Mbappe fransiyalik futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi. U 411 ta gol bilan faoliyatini yakunlagan mashhur hujumchi Tyerri Anrini ortda qoldirdi.

Reytingda hali ham birinchi o‘rinni Karim Benzema egalab turibdi. Fransiya terma jamoasining sobiq kapitani, hozirda “Al-Ittihod” safida to‘p surayotgan futbolchi klublar va milliy jamoa safida jami 513 marta gol urgan.

Mbappening yoshi va samaradorlik tempini inobatga olsak, u yaqin yillar ichida Fransiya futbolchilari orasida eng zo‘r to‘purarga aylanishi ehtimoli juda yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!