
Mbappe va PSJ munosabatlarida kutilmagan burilish
PSJ rahbariyati va hujumchi Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat tez orada barham topishi mumkin.
Taniqli jurnalist Onrubia Ramosning xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi munosabatda ijobiy tarafga o‘zgarish kuzatila boshladi va Mbappe klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Klub rahbariyati shartnomani uzaytirishdan bosh tortib kelayotgan Kilian Mbappeni mavsum o‘yinlariga qo‘ymaslik bilan tahdid qilgan edi. Shu bois, 24 yoshli hujumchi mashg‘ulotlardan chetlatildi va “Loryan”ga qarshi birinchi tur o‘yiniga jalb qilinmadi.
Bundan tashqari, mutasaddilar Mbappening kelasi yoz erkin agent sifatida tekinga ketib qolishi, klubga qanday oqibatlarni olib kelishi ko‘rsatilgan maktab ham yo‘lladi. Bu harakatlar Mbappega o‘z fikrini o‘zgartirishi uchun turtki bo‘lgani aytilmoqda.
Fikrlar