Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe va PSJ yarashdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mozharo barham topdi

Kilian Mbappe va PSJ oʻrtasidagi mojaro rasmiy yakunlangan, deb hisoblash mumkin. Ispaniyaning Marca nashri yozishicha, Fransiya rasmiylari parijliklar klubiga nisbatan berilgan shikoyatni rad etdi. 

Ushbu murojaatda PSJ rahbariyati futbolchining Parijdagi soʻnggi mavsumi davomida unga nisbatan ruhiy bosim oʻtkazgani iddao qilingan edi.

Shu tariqa, oʻtgan yil may oyida Mbappe tegishli idoralarga rasmiy ravishda murojaat qilganidan keyin yanada keskinlashgan, uch yildan ortiq davom etgan nizoga nuqta qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, Kilian Mbappe 2017 yildan 2024 yilgacha PSJ sharafini himoya qilgan. Hozirda u Madriddning «Real» jamoasida hujum chizigʻining yetakchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, Mbappe hali yangi klubi bilan biror sovrin yuta olgani yoʻq.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q