Mbappe va “Real” jamoatchilikdan nimani yashiryapti?

  • 6 yanvar, 2024, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Mishel Anxel Dias Kilian Mbappe atrofidagi vaziyatni aniqlashtirishga urinmoqda.

Tecno

Uning ta’kidlashicha, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va “Real” o‘rtasidagi kelishuv yanvar oyining o‘zidayoq imzolanadi. Yoki tomonlar umuman hamkorlik qilmaydi.

Shunga qaramay, Mbappe va “Real” o‘rtasida shartnoma imzolangan taqdirda ham keng jamoatchilikka oshkor qilinmaydi. Tomonlar kelishuvni 2024 yilning yozigacha maxfiy tarzda ushlab turadi.

PSJning 25 yoshli forvard bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Mbappe parijliklarning yangi bitimini hali imzolagani yo‘q. Shuningdek, jahon futbolining qimmatbaho yuldkzi qaysi jamoani tanlashi haqidagi savollarni ham ochiq qoldirmoqda.

Mbappe olish uchun “Real” va “Liverpul” o‘zaro raqobatlashyapti. PSJ esa, hujumchining qolishidan umidvor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!