Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mbappe yubiley golini urdi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Futbolchi bu haqida nimalar dedi?

Frantsiya "Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Gibraltarga qarshi o‘yinda 14:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinda Kilian Mbappe 3 marta mehmonlar darvozasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, 3 ta assist ham amalga oshirdi. 

Shu tariqa, hujumchi faoliyatidagi yubiley 300-golini urdi. Shu bilan birga 24 yoshli futbolchi 17-marta xet-trik qildi. Uchrashuvdan keyin Mbappe shu haqida gapirdi. 

"Ba’zi futbolchilar faoliyati davomida 800 yoki 850 ta gol urgan... 300 bu shunchaki kulgili. Men o‘sishda davom etib, klub va terma jamoam uchun foyda keltirishim kerak", - dedi Kilian. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q