
Mbappega o‘rinbosar topildi
"Napoli" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga Frantsiyaning PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.
Parij top-klubi Kvaratsxeliyani yaqin orada klubini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan hujumchi Kilian Mbappega muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Mbappeni "Real" va "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda.
Xvichaning ehtimoliy transferi PSJga kamida 120 million evroga tushadi. Gruziyalik vingerning italiyaliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar