Medallar ko‘p bo‘ldi...

TIGGO 2 PRO

Toshkent shahrida Engil atletika bo‘yicha U18 V Osiyo chempionati yakunlandi. Yoshlar chempionati 27 apreldan 30 aprelgacha O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston umumjamoa hisobida Xitoy, Hindiston va Qozog‘istondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 12 ta medal – 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

photo_2023-05-01_20-12-19

Chempionat doirasida 40 turdagi dasturlar bo‘yicha 41 ta sovrinlar to‘plami o‘ynaldi. Katta farq bilan birinchi o‘rinni Xitoy terma jamoasi egalladi – 15 ta oltin, 7 ta kumush va 2 ta bronza, Hindiston jamoasi ikkinchi o‘rinda – 6 ta oltin, 11 ta kumush va 7 ta bronza hamda Qozog‘iston 3 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan uchinchi o‘rinni band etdi.

photo_2023-05-01_20-12-15

Bizning engil atletikachimiz Sharifa Davronova uch hatlab sakrashda 13,99 m natija bilan yangi musobaqa rekordini o‘rnatib, uzunlikka sakrashda 6.22 m natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritib, U18 va U20 yosh toifalarida jahonning eng kuchli sportchilaridan biri ekanligini yana bir bor isbotladi.

Balandlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sportchisi Devdavs Ismoilov O‘zbekistonning yangi nomiga aylandi, u birinchi urinishda 2,06 m balandlikni zabt etib, 5 sm ustunlik bilan asosiy raqiblari shri-lankalik Nilipul Pexesar, janubiy koreyalik Kim Xyon Sik va vetnamlik Do Hoang Ngiani ortda qoldirdi.

photo_2023-05-01_20-11-40

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda yosh sportchilar uchun bunday darajadagi sport musobaqasi ilk bor o‘tkazilmoqda. Chempionatga tayyorgarlik Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi, Osiyo mamlakatlar engil atletika federatsiyasining rahbarligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi va «O‘zbekneftgaz» AJ yordamida tashkil etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!