
Medison Kiz Melburnda qoqildi
Melburn shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatida uchinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda amerikalik tennischi Medison Kiz uchinchi o‘yinini gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi o‘tkazib, yakunda 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Australian Open" turnirining 1/8 finaliga shu tarzda chiqib olgan Sakkari, endi chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar