Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mehdi Taremi CSKAgа o‘tmaydi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mehdi Taremining agenti uning Moskva CSKAsiga o‘tishi haqidagi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

«Olimpiakos» va Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremining agenti mijozining Moskvanning CSKA klubiga o‘tishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

"CSKA rostdan ham Taremiga qiziqish bildirgani, uni transfer qilish bo‘yicha biz bilan bog‘langani haqida gap-so‘zlar bor. Lekin bu haqiqat emas, — dedi Pastorello Sport24 nashriga bergan intervyusida.

2025/26 yilgi mavsumda Taremi «Olimpiakos» safida 39 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 marotaba golli pas berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 2 million evroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q