Men “Chelsi”ni boshqarishga bormayman!
Yanvarning birinchi kuni bosh murabbiy Enzo Mareskani ishdan bo’shatib yuborgan “Chelsi” ayni paytda faol tarzda jamoani muvaffaqiyatli boshqara oladigan boshqa mutaxassisni qidirmoqda.
“Chelsi” bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Portugaliyaning “Portu” klubi bosh murabbiyi Franchesko Farioli ham bor. Biroq bu mutaxassis “Chelsi”ga o’tish ehtimolini qat’iy rad etdi.
Farioli “Portu”ni o’tgan yozda qabul qilib olgan. 38 yoshli italyalik mutaxassis hozirgi jamoasini bu qadar tez tark etishga tayyor emas.
- Albatta, men “Portu”da qolaman. Bu borada hech qanday shubha yo’q va hech qachon ikkilanish bo’lmagan.
Agar oldingi tajribamga qarasangiz, “Nitsa”da yoki o’tgan mavsum “Ayaks”da ham jarayon o’rtasida jamoani tark etish masalasi kun tartibida bo’lmagan. Men klubga to’liq sadoqatliman, - dedi Franchesko Farioli jurnalist Ben Jeykobs so’roviga javob berib.
Fikrlar