Men Endrikdan noroziman!
Endrik yangi jamoada ham tanqidga uchradi
“Real” qishki transferlar davrida jamoa asosiy tarkibiga kira olmagan braziliyalik hujumchi Endrikni Frantsiya chempionati vakili “Lion”ga ijaraga yuborgan edi.
19 yoshli futbolchi “Lion”dagi faoliyatini yorqin boshlagan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.
“Lion” bosh murabbiyi Paulu Fonseka ham Endrikni tanqid qildi.
- Men Endrikning o‘yinidan noroziman. U Braziliyadan qaytgach charchagani pand beryapti. Endrik yaxshiroq natija ko‘rsatishi shart, u jamoamizga kerakli o‘yinchi, - dedi Paulu Fonseka.
Joriy mavsumda braziliyalik legioner 15 o‘yinda 6 ta gol va 5 ta assist qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.

Izohlar (0)