Men Shomurodovdan qo‘rqyapman!

  • 10 iyun, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirining Saudiya Arabistonida tashkil etilgan bosqichini muvaffaqiyatli boshladi.

Tecno

Vadim Abramov boshchiligida futbolchilarimiz Singapur milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, guruhda ikkinchi o‘rinni mustahkam o‘rnashib oldi. Mamlakatimiz bosh jamoasi navbatdagi uchrashuvni 11 iyun kuni Yaman futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

IMG_9415_1_1

Ijtimoiy tarmoqlarda Yaman jamoasi muxlislari bo‘lajak uchrashuvga doir munosabatlarini bildirmoqda.

E’tiboringizga xorijlik futbol ishqibozlarining Yaman – O‘zbekiston o‘yiniga oid fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Sarah Aziz:

Biz oxirgi uchrashuvda saudiyaliklardan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. O‘zbeklar esa Singapurni 5:0 hisobida “sochib tashladi”. Men o‘zbeklar bizning terma jamoamizga qancha gol urishini o‘ylab, dahshatga tushyapman. Chunki biz musobaqa jadvalida Singapurdan ham quyida joylashganmiz.

AtifAbKarim1:

Juda og‘ir davrlarni boshdan o‘tkazayotganimizni inobatga olib, futbolchilarimiz muxlislarni xursand qilishga urinib ko‘rishiga ishongim keladi.

1571147041_mkc-u99xrjzwj6eukckkgky0asy8jcw-

Wazir Askari:

Bo‘lajak uchrashuvda eng muhim vazifa Italiya chempionatida porlayotgan Eldor Shomurodovni “yopish” hisoblanadi. Unga o‘yin bermasak, ularning jamoasi u qadar xavf sola olmaydi.

Lami Haile:

Eng muhimi, o‘tgan o‘yindagi gapi 5:0 hisobida yutqazmaslik. O‘zbekiston hozir juda kuchli jamoaga aylangan.

Lamido Chiroma:

Biz ushbu saralash turnirida jahon chempionati ishtirokchisi – saudiyaliklar bilan durang ham o‘ynagandik. O‘ylashimcha, biz bu gal O‘zbekiston bilan o‘yinda ham mo‘’jiza ko‘rsata olamiz.

Haroon Alkadasi:

Men Eldor Shomurodovdan qo‘rqyapman. Shuningdek, Jaloliddin Masharipovdan ham. O‘zbekiston milliy terma jamoasining bu ikki yulduzi Singapur darvozasiga uchta gol urdi. Bizda esa, undan ham ko‘p gol ursa kerak!

7UI8p4XL1B4Dp6raxvNjVfCFiv1ug-CD

Ahmed Al-junid:

Ularning terma jamoasi Italiya A Seriyasi va boshqa kuchli chempionatlarda o‘ynaydigan futbolchilar bor. Bizda esa futbolga e’tibor yo‘q. Uchrashuv natijasi hozirdan ma’lum.

Mohammed Taqiuddin:

Bizni yana bir qaqshatqich mag‘lubiyat kutyapti. O‘zbeklar hozir ancha kuchaygan!

O‘zbekiston va Yaman terma jamoalar o‘rtasida 2019 yilning 10 oktyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda hamyurtlarimiz raqib darvozasiga javobsiz beshta gol kiritgan edi. O‘sha bellashuvdagi gollar Sanjar Qodirqulov, Eldor Shomurodov, Jamshid Iskanderov, Islom To‘xtaxo‘jaev va Igor Sergeev hisobiga yozilgan.

rioe3g6pirjdflgziaw9

Navbatdagi uchrashuv 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

Hurmatli muxlislar,  bo‘lajak o‘yindan qanday natija kutyapsiz va kimlar gol uradi, deb o‘ylaysiz?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
10/06/2021 07:45
Голлари сони мухум эмас,мухуми уч очкони узлартирсак булди.Лекин сунги турга куп хам,ургу бериш керак эмас.Энг асосийси босимни футболчиларимиз узидан сокит килиш керак.Худо хохласа галаба биз томонда!
Baxil Alihuja
11/06/2021 13:40
Бу уйин енгил уйин, мухими охирги саудия билан буладиган уйинга етарли куч олиб колиш. яман, сингапур жамоаларини 3-составимиз хам юта олади.
Baxtiyor Temirov
10/06/2021 12:15
Bu yil oldingidan xam kuchlimiz faqat bollaga omad bulsa yetadi golga kelsak qancha vazyat bulsa shuncha gol bulaversin omad Uzbekistonga bollar xamyurtlariz sizlar bilan...
abbos raximov
10/06/2021 11:03
Bollarga omat ulrga xamma ishonadi biz bu safar j ch chiqamiz