Men uchun Gvardiola eng zo‘r murabbiy
“Manchester Siti”ning braziliyalik legioneri Savio klub bilan amaldagi shartnomasini yangilab, endi 2031 yilning yarmigacha “shaharliklar” safida qoladigan bo‘ldi.
21 yoshli hujumkor futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Men Gvardiolani dunyodagi eng zo‘r murabbiy, deb hisoblayman. U har doim o‘z o‘yinchilariga yordam berishga intiladi. Shaxsan menga ham juda katta yordam bergan.
Gvardiola bilan ishlab ko‘p narsa o‘rganyapman. Har doim uning gaplariga quloq tutaman. Murabbiy menga berayotgan imkoniyatlardan maksimum darajada foydalanishim kerak, - dedi Savio.
Braziliyalik futbolchi “Manchester Siti”ning birinchi jamoasi uchun jami 54 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar