Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Menejer: "Aleks Perreyra trilogiyani xohlamayapti"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Magomed Ankalaevning menejeri braziliyalik va rossiyalik o‘rtasidagi uchinchi jang haqida gapirdi.

Magomed Ankalaevning menejeri Rizvan Magomedov Aleks Perreyra va rossiyalik o‘rtasidagi uchinchi jang haqida gapirdi.

"Aleks Pereyra Magomed bilan trilogiyani xohlamayapti, ammo biz buni talab qilamiz. Chunki Ankalaev butun divizionni tozalab bo‘ldi, u TOP-15 dagilarning 10 tasini engdi. Biroq avval rossiyalik Irji Proxazka yoki shunga o‘xshash MMA ustasi bilan yana bir jang o‘tkazishi kerak. Bu titul to‘qnashuvi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi", - dedi Rizvan.

Eslatib o‘tamiz, Ankalaev oktyabr oyidagi revanshda Aleks Perreyradan texnik nokautga uchrab, chempionlik unvonini yo‘qotgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q