Meni "Barsa"da yetarlicha qadrlashmayapti
Ferran ketishga tayyor
«PSJ» hujumchi Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirmoqda.
Marca nashri xabar berishicha, yaqin kunlar ichida parijliklar «Barselona» rahbariyati bilan 26 yoshli futbolchining transferi yuzasidan bevosita muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, fransuz klubi va o‘yinchi o‘rtasidagi moliyaviy shartlar bo‘yicha asosiy kelishuvga allaqachon erishilgan, shu bois bu yo‘nalishda jiddiy to‘siqlar kutilmayapti.
Qayd etilishicha, Ferran Torres «Barselona»da o‘zini yetarlicha baholanmayapti, deb hisoblaydi va jamoani o‘zgartirish fikriga tayyor. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsum La Liga doirasida Ferran 33 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Uning batafsil statistikasi maxsus sport platformalarida ko‘rish mumkin.

Izohlar (0)