Meni "Barsa"ga chaqirmanglar! Xoland "Kamp Nou"ga borolmaydi
Buni oʻziga yarasha sababi chiqdi
«Manchester Siti» klubi va Norvegiya milliy terma jamoasi to‘purar hujumchisi Erling Holand yaqin yillarda «Barselona» safida ko‘rinish bermaydi.
ElNacional.cat nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik kelasi yozda norvegiyalik forvardni olish rejasidan voz kechgan. Sabab sifatida klubning moliyaviy imkoniyatlari cheklanishi ko‘rsatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, «Barselona» keyingi ikki yil davomida La Liga tomonidan xarajatlar bo‘yicha qo‘shimcha cheklovlarga duch keladi. Bu esa «Kamp Nou» stadioni uchun yangi tom qurish loyihasi bilan bog‘liq. Qurilish ishlari katta mablag‘ talab qilayotganligi uchun klub maoshlar va transferlar bo‘yicha yanada ehtiyotkor bo‘lishga majbur.
Flikning fikricha, shunday sharoitda Holand kabi yulduz futbolchini sotib olish uchun zarur mablag‘ni to‘plash deyarli imkonsiz. Shu bois murabbiy rahbariyatga boshqa, arzonroq variantlarni ko‘rib chiqishni ma’qul deb topgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yildgi mavsumda Erling Holand «Manchester Siti» tarkibida barcha musobaqalarda jami 52 o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.
Izohlar (0)