Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Meni "Barsa"ga qaytaring!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Evropaga qaytish istagi paydo bo‘ldi

Futbolchi klub rahbariyatini rejalari bilan tanishtirdi. «An-Nasr» klubi hujumchisi Joau Felish yana Yevropa maydonlariga qaytishi mumkin. Bu haqida Diario SPORT nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Saudiya klubi bilan shartnomasi yakunlangach, «Barselona» safiga qaytishni istamoqda. 

Hujumchining agenti Jorje Mendes allaqachon kataloniyaliklar rahbariyatiga Felishning yozdagi rejalari haqida ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joau Felish 2023–2024 yillar mavsumida «Barselona» tarkibida ijarada to‘p surgan. Hozirda uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q