Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Meni “Barsa”da olib qoling

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi

“Barselona” himoyachisi Ronald Arauho oʻzining ehtimoliy ketishi haqidagi xabarlarga qaramay, jamoada qolishni istamoqda. Bu haqida Cadena Ser nashri xabar berdi.

Avvalroq “Barselona” rahbariyati Arauho ni yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin boʻlgan futbolchilardan biri sifatida koʻrayotgani haqida maʼlumot tarqalgan edi.

Biroq urugvaylik futbolchining atrofidagilar oʻyinchi klubda qolishi kerak, deb hisoblamoqda. Ronaldning oʻzi ham xuddi shunday fikrda.

Eslatib oʻtamiz, Ronald Arauho “Barselona” asosiy jamoasida 2020 yildan buyon toʻp surib kelmoqda. Oʻtgan mavsumda urugvaylik himoyachi barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida Arauho da psixologik muammolar mavjudligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q