Merab Dvalishvili Islom Maxachevni ortda qoldirdi!

  • 13.07.2025 14:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

AQShning Nashvil shahrida o‘tkazilgan "UFC on ESPN 70" turniridan so‘ng, ESPY mukofotiga nomzod va g‘oliblar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi UFC jangchisi deya o‘ta engil vazn chempioni Merab Dvalishvili topildi.

Ushbu mukofotga nomzodlar qatorida Islom Maxachev, Drikus dyu Plessi va Kayla Xarrison ham bor edi.

Ma’lumot uchun, ESPY mukofotlari har yili Amerikaning ABC va ESPN televideniyalari tomonidan yil davomida individual, jamoaviy va boshqa sport yutuqlarini e’tirof etish uchun taqdim etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!