Merab Dvalishvili: "Umar, sen menga munosib raqib emassan"

  • 28 noyabr, 2024, 17:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili (18-4) rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov(18-0)ga murojaat qilib, "professor" sifatida o‘z vaznidagi holatni o‘rganib chiqdi.

“Demak, bizda Merab bor. Voy-buy! Ajoyib! Axir u 11 raqibni, jumladan to‘rtta reytingga ega sobiq UFC chempionlari - Aldo, Yang, Sexudo va O'Mellini mag‘lub etgan-ku.. Endi esa Xabibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov paydo bo‘ldi. Qiziq savol: u kimni enga olardi?! Menimcha, hech kimni! Lekin promoushen Umarga Sendhagen shaklida "sovg‘v" berishda davom etmoqda. UFC Nurmagomedovga Shon O'Melli bilan jangim uchun zaxira maqomini taklif qilganida, u rad javobini berdi. Bu yigit o‘rnidan turmasdan chempion bo‘lishni xohlaydi shekili. Gaplarimni eshit, Umar! Sen menga munosib raqib emassan", - dedi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilingan videoda.

Eslatib o‘tamiz, Merab so‘nggi jangida O'Mellini engib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!