Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Merab Dvalishvilining zaif jihatini nimada?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Mashhur murabbiy javob berdi.

 Taniqli murabbiy Firas Zaxabi o‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvilining zaif jihatini aytib o‘tdi.

"Merab ajoyib kardioga ega. Ammo hech qachon jangni erta yakunlashga shoshilmaydi. Faoliyatidagi 18 ta g‘alabadan 14 tasi hakamlarning qaroriga ko‘ra bo‘lgani ham buni ko‘rsatib turibdi. Dvalishvilining istalgan raqibni engishiga ishonaman, lekin sabmishshin orqali emas. Buni faktlar ham isbotlamoqda. Gruziyalik faqat bir marotaba sabmishshin bilan g‘alaba qozongan, xolos. Merab uchun partirda kurashish biroz qiyinroq", - dedi Zaxabi Tristar Gym You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabr kuni AQSh da bo‘lib o‘tgan "UFC 306" turnirida Merab Dvalishvili Shon O'Mellini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, o‘ta engil vazn toifasida UFC chempioniga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q