“Mercedes” Osimxenni sudga berdi
Nigeriyalik U20 Viktor U21 yana qonun bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. “Mercedes” kompaniyasi Italiya soliq idoralariga shikoyat qildi.
Hali "Napoli" futbolchisi bo‘lganida, Viktor o‘ziga o‘sha mashhur “Mercedes” G-klassisidagi "gelik"ni kreditga sotib olishga qaror qilgan. Avvaliga uni to‘lagan, keyin esa Turkiyaga ketib, kredit to‘lovlarini “unutgan”.
Shartnomaga ko‘ra, bunday holda kompaniya avtomobilni qaytarib olishi mumkin edi, ammo Osimxen bu masalaga e’tibor qaratmagan. "Mercedes"ning mahalliy dilerlik bo‘limi yuristlari sudga murojaat qilishdan boshqa ilojlari qolmadi.
Shuni qo‘shimcha qilamizki, Viktor Istanbul bo‘ylab "gelik"da emas, balki ko‘pincha yarim million yevro turadigan “Lamborghini Revuelto” rulida uchratish mumkin.

Fikrlar