Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi ajoyib seriyani to‘xtatmayapti

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Qaraganda oʻyini ochilib ketdi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yana maydonni gol yoki golli passiz tark etmadi. 39 yoshli yulduz MLS doirasidagi «Neshvill»ga qarshi uchrashuvning 62-daqiqasida raqib darvozasini ishgʻol etib, hisobni 2:1 qildi. 

Ammo ushbu ustunlikni saqlab qolishning iloji boʻlmadi: oʻyin oxirida mehmonlar Sem Sarridjning goli hisobiga durangni qoʻlga kiritishdi. U shu oʻyinda dubly rasmiylashtirdi.

Messi ketma-ket yetti oʻyindan beri maydonni gol yoki assist bilan tark etmoqda. Shu davr mobaynida argentinalik forvard 6 ta gol urdi va jamoadoshlariga 4 bor hal qiluvchi pas berdi.

Lionel Messi hozircha MLS toʻpurarlari roʻyxatida 19 ta gol bilan peshqadam. Shu bilan birga, u 11 ta golli pas bilan ligadagi eng yaxshi assistent sifatida ham birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q