Messi Amerikada turib “Real”ning ustidan kuldi

  • 28.10.2024 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining 11-turida “Barselona” Madridda yirik hisobda g‘alaba qozonib, “Real”dan uch ochko olib qaytdi.

Bu o‘yin hamon muhokama qilinmoqda. “Barselona” tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan biri Lionel Messi AQShda turib, bu o‘yinga munosabat bildirdi.

Messi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga “Naqadar ajoyib g‘alaba”, deb yozdi.

“Barselona”ga qarshi uchrashuvda qayd etilgan natija amaldagi chempion “Real” klubida ayrim muammolar borligini ko‘rsatib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!