
Messi “Barsa” prezidentidan yuz o‘girdi
“Oltin to‘p” sovrini taqdimotida g‘alati voqea yuz berdi. Bu sovrinni sakkizinchi marotaba qo‘lga kiritgan Lionel Messi “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan birga umumiy suratga tushishdan bosh tortdi.
Cope nashrining yozishicha, Joan Laporta “Oltin to‘p” sohiblari – Lionel Messi va “Barselona” ayollar jamoasi o‘yinchisi Aytan Bonmati bilan birga bu holatni tarixga muhrlamoqchi edi. Lekin argentinalik yulduz klub rahbari bilan suratga tushishga qat’iy qarshilik qildi.
Laporta va Messining munosabati 2021 yili argentinalik yulduz “Barselona”dan ketishga majbur bo‘lganidan keyin buzilgan. Laporta prezidentlik saylovi kampaniyasi davomida Lionel Messini klubda olib qolishini ta’kidlagan, biroq lavozimga o‘tirganidan keyin va’dasini bajarmagan.
Messi “Barselona”da 2005-2011 yillar davomida o‘ynagan. Bu muddat ichida 778 ta uchrashuvda maydonga tushib, 672 ta gol va 303 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar