Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi dubly qayd etib, Ronalduni quvayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Leo ham toʻxtamaydi

Lionel Messi o‘zining professional karerasida urgan gollari sonini 934 taga yetkazdi. Argentinalik yulduz MLSning navbatdagi turida «Di-Si Yunayted»ga qarshi o‘yinda dubly qayd etdi.

Uchrashuv «Inter Mayami» uchun yirik hisobdagi g‘alaba bilan yakunlandi. Messidan tashqari, uning «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Luis Suarez ham ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Urugvaylik forvard hisobni ochdi va maydon egalari ustunligini oshirdi, Messi esa jamoasining uchinchi va to‘rtinchi gollarini urdi.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashgan edi. U Beninga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda ikki bor golli uzatma berdi va bir marta penalti­ni aniq amalga oshirdi. Bu uchrashuvda Argentina 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. O‘yin Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida 85 ming tomoshabin ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytda Krishtianu Ronalduning hisobida 980 ta gol mavjud. U yaqinda «An-Nasr» safidagi navbatdagi uchrashuvda ham gol urgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q