Messi endi hech qachon Ronalduga etolmaydi
2026 yilgi jahon chempionatining Evropa qit’asi uchun tashkil qilingan saralash turnirida Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida yana gol urdi.
Bu gal portugaliyaliklar Vengriya terma jamoasi mehmoni bo‘lib, safardan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Muhim bahsda, Ronaldu penaltidan to‘p kiritib, muvaffaqiyatga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa, 40 yoshli hujumchi xalqaro uchrashuvlarda milliy terma jamoada urgan gollari sonini 141 taga etkazib oldi. Bu mutlaq rekord va Ronaldu hali to‘xtamoqchi emas.
Terma jamoa uchun ko‘p gol urish bo‘yicha Ronalduning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi 114 ta to‘p kiritgan. Argentinalik yulduz xalqaro faoliyatini yakunlash niyatini bildirgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha hech qachon Ronalduga etolmaydi.
Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini 2023 yilda 18 yoshida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida boshlagan. Birinchi golini 2004 yilgi Evropa chempionatida bo‘lajak chempion Gretsiya darvozasiga kiritgan.



Fikrlar