Messi eng katta xatosini tan oldi

  • 04.04.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi hayoti davomidagi eng katta xatolaridan biri sifatida bolaligidan ingliz tilini o‘rganishga qunt qilmaganini tan oldi.

- Bolaligimda ingliz tilini o‘rganish uchun vaqtim bor edi, lekin buni qilmadim va bu hozir bu ishimdan juda afsuslanaman.

Keyinchalik atrofimda ajoyib shaxslar, mashhur odamlar bo‘ldi, ular bilan muloqot qilgim kelardi, ammo ular bilan gaplasha olmasdim. Ana shunday paytlarda o‘zimni johildek his qilardim, - dedi Lionel Messi.

Lionel Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu klubdagi uzoq yillik faoliyatida klublar miqyosidagi barcha turnirlarda g‘olib chiqqan. Keyinchalik PSJda o‘ynadi.

Sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan 38 yoshli futbolchi 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami” klubi o‘yinchisi hisoblanadi va AQSh klubi bilan 2028 yilning oxirigacha davom etadigan shartnomaga ega.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!