Asosiy mazmunga oʻtish

Messi faoliyatidagi eng muhim gollar haqida gapirdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Lionel Messi jahon chempionati finalida urgan gollarini karerasidagi eng muhim gollar deb atadi.

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida urgan eng muhim gollarini esladi.

«Chempionat finalida urgan gollarim faoliyatimdagi eng muhim gollardan bo‘lgan. Bu gollar o‘z ahamiyati, voqea va uchrashuvning ko‘lami bilan ajralib turadi. Shuningdek, «Barselona» safida Chempionlar ligasi finallarida hamda «Real»ga qarshi «El-klassiko» bahslarida kiritgan gollarimni ham juda qadrlayman», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2022 yildagi jahon chempionati finalida Fransiyaga qarshi dubl qayd etgan. Argentina milliy jamoasi 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangan.

Oktyabr oyida Messi Argentina milliy jamoasi safida so‘nggi bor maydonga tushdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q