
Messi faoliyatini qachon tugatishini aytdi
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi professional faoliyatini qachon tugatishi haqida gapirdi.
- Men ketish vaqti kelmagunicha o‘ynashda davom etaman. Qachonki boshqa o‘ynay olmasligimni his qilsam, faoliyatimni to‘xtataman, - dedi Lionel Messi.
Messi ayni paytda Amerika kubogi finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 37 yoshli yulduz bu o‘zi uchun oxirgi Kopa Amerika bo‘lishini aytdi.
Argentinaliklar qit’a chempionatining finalida Kolumbiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Final 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 5:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika kubogining amaldagi chempioni hisoblanadi. Messi boshchiligidagi jamoa 2021 yilgi musobaqa finalida Anxel di Mariyaning yagona goli evaziga Braziliya terma jamoasini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar