Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi finaldagi mag‘lubiyatdan keyin tilga kirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Rostini aytsam...

Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi futbol bo‘yicha 2026 yildgi jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

- Albatta, qayg‘uli holat. Lekin shuni yaxshi tushunib turibmanki, biz maydonda bor kuchimiz bilan o‘ynadik. 

Rostini aytsam, bu bahsda Ispaniya bizdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Biz yutqazdik va bu natijani tan olamiz. 

Lekin bungaча bosib o‘tgan yo‘limiz, qilgan ishlarimizni unutib qo‘yamiz, degani emas. Shuning uchun o‘zimning xalqimga, jamoadoshlarimga va butun mamlakatga minnatdorchilik bildiraman, — deya Messining so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 106-daqiqada Ferran Torres tomonidan urildi. 

Lionel Messi ushbu mundialda sakkizta gol va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Bu safar jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida va bir vaqtning o‘zida uchta davlat — AQSh, Meksika va Kanada hududida o‘tkazildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q