Messi hammadan o‘zib ketdi
Leo baribir zo‘r ekan
"Inter Mayami" hujumchisi, sakkiz karra "Oltin toʻp" sohibi Lionel Messi "Neshvill"ga qarshi uy uchrashuvida (2:2) yana bir bor oʻz mahoratni namoyish etdi va jamoasi darvozasiga gol urdi.
39 yoshli argentinalik yulduz uchun bu joriy mavsumdagi 19-gol, umumiy faoliyatida esa 928-gol boʻlib qayd etildi. Shu tariqa Messi chempionatdagi toʻpurarlar poygasida yakka yetakchilikni qoʻlga kiritdi, "Dallas" forvardi Petar Musadan (18 gol) bir qadam oldinga chiqdi.
Messi shu bilan MLSdagi samarali oʻyinlar seriyasini yetti uchrashuvga yetkazdi. Ushbu oraliqda u raqib darvozabonlarini yetti marta magʻlub etdi va toʻrtta golli uzatma amalga oshirdi.
"Inter Mayami" hozircha Sharqiy konferensiya turnir jadvalidа 25 oʻyindan soʻng 45 ochko toʻplab, 2-pogʻonada bormoqda. "Neshvill" esa 54 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi.
Keyingi turda MLS doirasida "Inter Mayami" 21 sentyabrga oʻtar kechasi "San-Diego"ni oʻz maydonida qabul qiladi (Moskva vaqti bilan). "Neshvill" esa bir kun oldin oʻz uyida "Chikago"ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar (0)