
Messi "Inter Mayami"ning muvaffaqiyat sirini ochdi
"Inter Maymi" klubi hujumchisi Lionel Messi jamoaning MLSdagi muvaffaqiyati sababini aytdi. Avvalroq, Devid Bekxem klubi MLSning Sharqiy konferentsiyasida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
"Menimcha, ba’zi muhim o‘yinchilarning kelishi bu o‘zgarishga katta hissa qo‘shdi", - dedi argentinalik futbolchi Inter Miami News Hub ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, “Inter Maymi” mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganda Sharqiy konferentsiyada 68 ochko jamg‘ardi va eng yaqin ta’qibchisidan 11 ochkoga o‘zib ketdi.
Messi “Inter Mayami” safiga 2023 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. Bu vaqt ichida argentinalik futbolchi klub safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi uchun bu faoliyatidagi 46-sovrin, “Inter Mayamida” safidagi ikkinchi sovrin hisoblanadi. 37 yoshli argentinalik futbolchi ushbu jamoa bilan o‘tgan yili Liga kubogini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar