Messi jazoга tortildi
Qonun hammaга bir
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi va «Inter Mayami» darvozaboni Yen Frey MLSning navbatdagi turida «Filadelfiya Yunion»ga qarshi o‘yin (2:2) yakunlariga ko‘ra moliyaviy jarimaga tortildi.
Bu haqida ESPN xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida Messi «Filadelfiya Yunion» futbolchisi Quinn Sallivan bilan keskin tortishuv markazida qolgan. Epizod paytida u raqibini qo‘li bilan boshidan urib yuborgan. Keyinroq Frey va Sallivan ishtirokida yana bir tortishuv qayd etilgan.
O‘yning qo‘shimcha daqiqalarida esa Kavan Sallivan va Yannik Brayt o‘rtasida janjal kelib chiqqan, natijada hakam har ikki futbolchini maydondan chetlatgan.
Mazkur vaziyatlar mustaqil intizomiy komissiya tomonidan qayta ko‘rib chiqildi. Natijada Kavan Sallivan olgan qizil kartochka bir ovozdan bekor qilindi. Shu bilan birga, Messi va Freyga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llandi. Jazo miqdori oshkor etilmagan.

Izohlar (0)