Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi Misr bilan oʻyindagi kambekdan keyin nimalar dedi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Messi butun Argentinani qutqardi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati 1/8 final bosqichidagi o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahsda Argentina Misr terma jamoasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Amaldagi jahon chempionlari 79-daqiqagacha 0:2 hisobida ortda ketayotganiga qaramay, oxir-oqibat 3:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv AQShning Atlanta shahrida joylashgan «Mercedes-Benz Stedium» arenasida bo‘lib o‘tdi. O‘yinga Fransiyaning Bede shahridan bo‘lgan hakam Fransua Leteksye boshchilik qildi.

- Biz yaxshi o‘ynadik. Penaltidan tashqari ham bir nechta a’lo imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Darvozabon haqiqatan ham bir necha ajoyib seyvlar amalga oshirdi. Yaxshiki, o‘yin oxirida menda imkoniyat paydo bo‘ldi. Bunday jamoaga, ayniqsa, so‘nggi voqealardan keyin yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lish — o‘ziga xos hissiyot, — deya Messining so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

Chorak finalda Argentina terma jamoasi Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati‑2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yildgi jahon chempionati finalida argentinaliklar Fransiyaga qarshi maydonga tushgan edi. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi, penalti seriyasida esa Argentina 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q