Messi MLS tarixiga nomini yozdi
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS tarixida oʻz klubi safida barcha turnirlarda 100 ta gol urgan eng tez futbolchi boʻldi. Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Messi ushbu natijaga “Inter Mayami” safida Meksikaning “Krus Asul” klubiga qarshi Campeones kubogi uchrashuvida gol urdi. Manba xabar berishicha, Messiga klubi safida 100 ta golga yetish uchun 155 ta uchrashuv kerak boʻlgan.
Argentinalik futbolchi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida oʻynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Campeones kubogi (Campeones Cup) — har yili bir uchrashuvdan iborat tarzda oʻtkaziladigan futbol turniri boʻlib, unda AQSh MLS amaldagi chempioni va Meksika Liga MXning “Chempionlar chempioni” sovrini sohibi oʻrtasida Superkubok bahsi oʻtkaziladi.

Fikrlar