Messi MLSda yangi rekord o‘rnatdi
Messi bu natijaga erishgan yagona oʻyinchi
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yana bir bor MLS tarixiga kirdi.
39 yoshli yulduz navbatdagi o‘yinda dubly qayd etib, jamoasiga «Di Si Yunayted»ni yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi — 4:0.
Shu bilan argentinalik futbolchining hisobida 23 ta gol va 13 ta golli uzatma jamlandi. Inter Miami News Hub xabariga ko‘ra, Messi MLS tarixida uchta ketma-ket mavsumda kamida 35 ta golda bevosita ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi.
O‘tgan mavsumda Lionel jamoasining chempionatda urgan 48 ta golida ishtirok etgan edi. 2024 yildgi mavsumda esa bu ko‘rsatkich 36 ta bo‘lgan, joriy mavsumda ham u shu natijani takrorlamoqda.
Hozirgi kunda aynan Messi MLS-2026 musobaqasida eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti.

Izohlar (0)