Messi muhim qarorga keldi

  • 05.08.2026 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hozircha milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida emas. Bu haqida futbol ishqibozlari orasida katta auditoriyaga ega bo‘lgan jurnalist Fran Kasaretto ma’lum qildi. Uning sahifasiga 100 mingdan ortiq muxlis obuna bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yozida Argentina jahon chempionati finaligacha yetib bordi, ammo hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Finaldan so‘ng kumush medalni qabul qilib olgan Lionel Messi maydondayoq ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Ma’lumot uchun, Kubok Amerikasi 2028 yil iyun–iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqa davomida Lionel Messiga 41 yosh to‘ladi. 

Shunga qaramay, argentinalik yulduz hozircha terma jamoani tark etish haqida qaror qabul qilmagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!