Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi natijasini takrorladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Argentina Messi yetakchiligida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionati finaliga chiqdi.

2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Argentina terma jamoasi Lionel Messi yetakchiligida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.

39 yoshli Messi uchrashuvda ikki marta hal qiluvchi pas berdi — gollar Enzo Fernandez va Lautaro Martines tomonidan urildi. Shu tariqa, u joriy mundialda o‘z hisobidagi assistlar sonini to‘rtga yetkazdi.

Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, Messi Pele 1970 yilgi jahon chempionatida qayd etgan yutug‘ini takrorladi. O‘shanda braziliyalik afsona bir turnir doirasida pley-off bosqichida to‘rtta golli pas bergan edi. Shundan beri bunday natijaga hech kim erisha olmagandi.

Endilikda Messida Pele rekordini yangilash imkoniyati bor. 19 iyul kuni Ispaniyaga qarshi final bahsida u yana bir golli pas bersa, pley-off bosqichidagi assistlar soni bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida yagona rekordchiga aylanadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q