Messi oʻziga Ispaniyadan klub sotib oldi

  • 09.09.2026 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyadagi sport nashri Marca xabariga ko‘ra, Lionel Messi mamlakatning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan "Eldense" klubi aksiyalarini to‘liq sotib olish bo‘yicha tamoman kelishuvga erishgan.

"Eldense" klubi Alikante provintsiyasini namoyish etadi. Bu hudud Kataloniyadan uncha uzoq emas. Aynan shu yerda, Ispaniyaning ushbu qismida Messi professional faoliyatini yakunlagach, doimiy yashashni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Shu tariqa, 39 yoshli argentinalik uchun Ispaniyada bu ilk futbol loyihasi emas. 2026 yil bahorida u "Kornelya" klubining egasiga aylangan edi. Mazkur jamoa mamlakat chempionatining beshinchi pog‘onasida ishtirok etadi va asosiy e’tiborni o‘z akademiyasini rivojlantirishga qaratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!