Messi qahramonlik ko‘rsatdi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi “Inter Mayami”ning haqiqiy qahramoniga aylandi. Uning jamoasi MLS pley-off bosqichida qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, chorak finalga yo‘llanma oldi.
Nimchorak finalda floridaliklarga “Neshvill” ro‘baro‘ keldi. Dastlabki ikki uchrashuvdan keyin tomonlar bittadan g‘alabaga erishgani uchun umumiy hisob teng edi – 1:1.
Hal qiluvchi uchinchi bahsda Messi katta sahnaga chiqda. Argentinalik yulduz birinchi bo‘limning o‘zida ikkita to‘p kiritib, masalani hal qildi. O‘yinning ikkinchi yarmida Messi dubl qayd etgan jamoadoshi Tadeo Allendening bir goliga pas berdi.
“Neshvill” ustidan 4:0 hisobida zafar quchgan “Inter Mayami” bosh sovrin uchun yurishini davom ettiradi. Keyingi bosqichda Messi jamoasi “Tsintsinnati” bilan raqobatlashadi.
Fikrlar