Messi Ronalduni o‘tirgan “taxt”ga chiqdi

  • 19.03.2026 11:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kriştianu Ronaldу zamonaviy futbolda rasmiy uchrashuvlarda 900 ta va undan koʻp gol urgan yagona futbolchi sifatida qadrlanar edi. Endi portugaliyalik yulduzning ashaddiy raqobatchisi Lionel Messi ham gol urish boʻyicha toʻqqiz yuzlik marradan yetib keldi.

KONKAKAF Chempionlar kubogi doirasida 1/8 finalning javob oʻyinida “Inter Mayami” oʻz maydonida “Neshvill” bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Mezbonlarning goliga Lionel Messi mualliflik qildi va bu argentinalik yulduz uchun professional faoliyatidagi 900-gol sifatida qayd etildi.

Jamoalarning dastlabki oʻyinida hisob ochilmagani va javob oʻyinida safarda urilgan gol ustunligi evaziga “Neshvill” keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Lionel Messi barcha gollarini “Barselona”, “”Pari Sen-Jermen”, “Inter Mayami” va Argentina milliy terma jamoasi safidagi oʻyinlarda kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!