Messi Ronalduni quvayapti
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) penalti dan gol urdi.
"Inter Mayami"ning 38 yoshli yulduzi maydonga 70-daqiqada zahiradan tushirildi, oradan ikki daqiqa oʻtib, 72-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa Messining professional karerasidagi gollari soni 1156 oʻyinda 911 taga yetdi. Ulardan 672 golini u "Barselona" tarkibida, 117 tasini Argentina terma jamoasi safida, 89 tasini "Inter Mayami"da va 32 tasini PSJda urgan.
Shuningdek, Lionel hisobida 414 ta golli uzatma ham mavjud.
Uning asosiy raqiblaridan biri hisoblangan "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 1323 uchrashuvda 973 ta gol muallifi boʻlgan. Bu koʻrsatkichlar boʻyicha 41 yoshli yulduz mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Fikrlar