Messi Ronalduni quvayapti
Raqobat yana avjiga chiqyapti
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi o‘zining professional faoliyatida 928-golini urdi.
39 yoshli argentinalik yulduz MLS doirasidagi «Neshvill»ga qarshi o‘yinda gol muallifiga aylandi. Uchrashuvda «Inter Mayami» 2:1 hisobida oldinda borganiga qaramay, so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yuborda va g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Lionel Messi umumiy hisobda 1174ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 928ta gol urgan va 423 marta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning asosiy raqibi hisoblangan 41 yoshli Krishtianu Ronalduda esa 1336 ta o‘yinda 979 ta gol va 261 ta samarali pas bilan qayd etilgan.

Izohlar (0)