Messi: «So‘nggi o‘yin, butun umrga esdalik libos»
Lionel Messi 6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasi uchun xayrlashuv o‘yinini o‘tkazib, milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.
39 yoshli hujumchi Lionel Messi milliy jamoa safidagi faoliyati yakunlanayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda post e’lon qildi.
«So‘nggi o‘yin. Butun umrga yetarli libos», – deya yozadi yulduz futbolchi o‘z murojaatida.
Messi 6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasi uchun xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. «Albiseleste»ning raqibi Benin terma jamoasi bo‘ladi. Bellashuv Buenos-Ayresdagi stadionlardan birida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Lionel Argentina terma jamoasi tarkibida jami 207 ta o‘yinda maydonga tushgan. U shu vaqt mobaynida 125 ta gol urgan va 68 marta golli pas muallifi bo‘lgan.
Messi milliy jamoa bilan birga jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan.
Izohlar (0)